Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Rossiyada koronavirusni davolash uchun preparat taqdim etildi

Rossiya federal tibbiy-biologik agentligi koronavirus infeksiyasini davolash uchun mefloxin preparati asosida yaratilgan preparatni taqdim etdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, «Фармзащита» ilmiy-ishlab chiqarish markazi davolash sxemasini xitoy va fransuz tajribasini inobatga olgan holda ishlab chiqqan.
«Yuqori selektivlikka ega preparat koronavirusning hujayralarda tarqalish ta’sirini bloklaydi va ko‘payishini oldini oladi, mefloxinning immunosupressiv harakati esa virus tufayli javoban kelib chiqadigan yallig‘lanish holati faollashuviga to‘sqinlik qiladi. Maklorid antibiotiklar va sintetik penisillinlarning qo‘shilishi ikkilamchi bakterial-virus sindromi shakllanishiga to‘sqinlik qilibgina qolmay, balki qonda va o‘pkada virusga qarshi vositaning konsentratsiya darajasini oshirish imkonini beradi», – dedi Rossiya federal tibbiy-biologik agentligi rahbari Veronika Skvorsova.
Ishlanmani Sog‘liqni saqlash tavsiyalari ro‘yxatiga kiritish taklif qilinmoqda.


Manba:xabar.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 4090 | Рейтинг: 0| Рейтинг: preparat, Koronavirus, taqdim etildi, davolash uchun, Rossiya
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:07
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное