Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. Tanho malagim - Soundtreck
. So'nmas Sevgi - I Love You [soundtreck]
. Pazanda - Did You Forget (Soundtrack)
. Samomiy Ishq-soundtreck
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Sensizlik
. Ayol Qalbi - True Love
. Qirolicha - Soundterck
. Efir Sirlari - Soundtrack
. Muxabbat va Extiros - Soundtreck (love)
. Bola Uyda yolg'iz-soundtreck
. Merlin-Soundtreck
. Osiyo-Asi [+ soundreck]
. Ko'ngil bog'i-soundtreck
. Qish Sanatasi - Soundtreck
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekiston koronavirusga qarshi emlash dasturiga qo‘shildi

O‘zbekiston koronavirusga qarshi emlash dasturiga qo‘shildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi rahbari Furqat Sanaev ma’lum qildi.

Uning bildirishicha, 24 avgust kuni Jenevada bo‘lib o‘tgan brifingda JSST rahbari Tedros Gebreyesus koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqish va tarqatish bo‘yicha COVAX xalqaro mexanizmiga 172 davlat qo‘shilgani haqida xabar bergan. JSST va uning Yevropa mintaqaviy byurosining faol a’zosi sifatida O‘zbekiston ham tashkilotning koronavirusga qarshi emlash dasturiga qo‘shildi. Ayni paytda JSST portfelida koronavirusga qarshi 9 ta vaksina mavjud ekani aytilmoqda.
«Tashkilot barcha vaksina ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik qiladi. Ushbu mexanizm barcha a’zo mamlakatlarning lisenziyalangan va tasdiqlangan vaksinalardan teng foydalanishni ta’minlashga qaratilgan», — deydi Furqat Sanaev.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston JSST Yevropa mintaqaviy byurosiga a’zo bo‘lgan 53 davlatdan biri bo‘lib, tashkilot bilan ko‘p tomonlama hamkorlik qilib keladi. Tashkilotning 69-sessiyasida uning direktorligiga saylangan doktor Xans Klyuge o‘zining ilk rasmiy xorijiy tashrifini 2020 yil 10 fevral kuni O‘zbekistondan boshlagandi.
Shuningdek, 2019 yilning 20 may kuni bo‘lib o‘tgan JSSTning oliy organi Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining 72-sessiyasida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining JSST Yevropa mintaqasi bo‘yicha vise-prezidenti etib saylangan.
«Ushbu keng ko‘lamli hamkorlik ayni vaqtda koronavirusga qarshi kurash masalasini ham qamrab olgan. Hozirda JSST Yevropa mintaqaviy byurosining vaqillari Oleg Storojenko va Tanya Shmid yurtimizda bo‘lib, koronavirusga chalingan bemorlarni davolash jarayonlarida bevosita ishtirok etmoqda», — deydi SSVning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi rahbari.


Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 4639 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Koronavirus, vaksina
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:12
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное