Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

Koronavirus poyabzaldan ham yuqadimi?

AQSh kasalliklarni nazorat va profilaktika qilish markazi(CDC) tomonidan e’lon qilingan yangi ma’lumotlar ko‘plab amerikaliklarni yana xavotirga soldi. Aslida bunga asos bormikan?

Gap shundaki, mazkur ma’ruza asosida e’lon qilingan qator maqolalar “Koronavirus polda va poyabzalda yashashi mumkin”, “Krossovkalaringiz COVID-19ni yuqtirib olishi mumkin” kabi vahimali sarlavhalarda berildi. Tabiiyki, bularni o‘qigan ko‘pchilik amerikaliklar, ayniqsa, poyabzalini tashqarida qoldirmaydigan yoki uyida ham oyoq kiyimini o‘zgartirmaydiganlar o‘zlarini ustilaridan kimdir muzdek suv quyib yuborgandek his qilgan bo‘lsalar ajab emas.
Biroq ma’ruzaning original variantini topib, to‘liq o‘qib chiqilsa, hammasi bu darajada qo‘rqinchli emasligi oydinlashadi. Amerikalik ilmiy jurnalist Yasmina Tayagning ta’biri bilan aytganda, “bugungi kunda tozalik eng muhim mezonlardan biri ekanligiga shubha yo‘q bo‘lsa-da, ma’ruzani yanada puxta o‘rganib chiqqan ma’qul”.
Ma’lumki, yangi koronavirus bir-biriga yaqin masofada turgan odamlarning bevosita aloqasi, shuningdek, yo‘tal, aksirish va hatto muloqot davrida sachragan so‘lak tomchilaridagi virus bo‘lakchalari orqali yuqadi.
Yana boshqa tadqiqotlardan so‘ng virus po‘lat, plastik, oyna kabi silliq yuzalarda uzoq vaqt saqlanib qolishi ham ayon bo‘lgan edi.
Amerikalik olimlarning mazkur izlanishlari esa virus shifoxonaga xos turli yuzalar, buyumlarda qancha yashab qolishini aniqlashga qaratildi. Mazkur tajriba Uxandagi yuqumli kasalliklar shifoxonasining intensiv terapiya bo‘linmasi va umumiy palatasida o‘tkazildi.
Ilmiy jamoa kasalxonadagi qator yuzalar: pollar, kompyuter sichqonchalari, chiqindi idishlari, koykalar tutqichlari, bemorlar uchun niqoblar, individual himoya vositalari qatori albatta poyabzallarni ham tekshirib chiqdi. Intensiv terapiya bo‘linmasidagi ko‘plab ob’ektlar qatori u yerda bo‘lgan xodimlar poyabzallari ham testga ijobiy javob bergan. Umumiy palata esa bu borada ancha toza bo‘lib chiqdi.
Bu sarosimaga tushib, oyoq kiyimlarni tashlab yuborishni anglatmaydi. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, har bir detalni sinchiklab o‘rganib chiqish lozim. Birinchidan, agar gap poyabzal tagligi haqida ketadigan bo‘lsa, undan olingan “ijobiy” natijada virusning genetik materiali bo‘lgan RNK aniqlangan. Ammo bu tagcharmga tegilsa, virus yuqishini anglatmaydi.
Shunday bo‘lsa-da, olimlar COVID-19 bemorlari yotgan palatadan chiqishdan oldin tibbiyot va boshqa xodimlarga poyabzal tagini dezinfeksiya qilishni qat’iy tavsiya etishdi.
Xo‘sh, u holda oddiy odamlar nima qilishlari kerak? Sababi, ular ham virus tushgan joylardan o‘tishlari mumkin-ku? Masalan, o‘zini o‘zi izolyatsiya qilish rejimiga rioya etmagan yoki hali koronavirus aniqlanmagan inson aksirib yoki yo‘talib-yo‘talib, endigina chiqib ketgan liftga kirib qolsa-chi? Bunday holatdan keyin nafaqat pol, balki lift xonasining boshqa yuzalarida ham virus qismlari saqlanib qolishi aniq. Ammo CDC vakillari oddiy fuqarolar uchun bu borada tavsiyalar bermadi.
Umuman olganda, poyabzal tagidagi viruslar faqat so‘lak orqali yuqishi mumkinligini inobatga olsak, bir narsa aniq — biz tufli tagcharmini yalamaymiz-ku. Faqat bu borada go‘daklarni asrab, ularni poyabzallarimizga yaqinlashtirmasak bas.
O‘zingizdagi xavotirni bosa olmayotgan bo‘lsangiz-da, buning ham yo‘li bor. Tajribali tibbiyot xodimlari uyining eshigi tagiga yozilgan gilamchasi ustiga xlor eritmasiga botirilgan mato tashlab qo‘yishadi. Ular eshikdan kirishda ana shu xlorli yuzaga oyoq kiyimlarini yaxshilab artishib, ko‘pincha ularni o‘sha joyda yechib kirishadi ham.
Qo‘llarni sovunlab yuvish, antiseptiklar bilan ishlov berish, eshik tutqichlari va chiroq yoqgichlarni tozalab yurish, xavfsiz masofa va o‘zini o‘zi yakkalash qoidalariga rioya etish haqida-ku gapirmasa ham bo‘ladi. Bularning barchasi hammamizni tojdor balodan ishonchli himoya qiladi.
O‘zA


Manba:hordiq.uz
Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 2469 | Рейтинг: 0| Рейтинг: O‘zbekiston, banklar, dollar kursi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:56
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное