Bu qorni ko'rib nogoh bolalikdagi sho'xliklar yodingga tushib ketadi: qo'lqoplar, etiklar jiqqa suv bo'lguncha, qo'llar sovuqdan qizarib, hech narsani sezmaydigan darajaga kelguncha do'stlar bilan qorbo'ron o'ynash, qorbobolar yasash, sirpanchiqlar uchish. Ha, buning o'zgacha gashti bor.