“Xolasi, ammasi” qo‘shig‘idan so‘ng “Hammasigayam” nomli tarona ijro etgan Kaniza mazkur ommalashgan ketma-ketlikni yana davom ettirmoqda.
Uchinchi kompozisiya ham hazilomuz so‘zlardan iborat bo‘lib unda qayniopayu amaki tog‘alar, hatto pochchalar ham tilga olinadi. Ijrodan tashqari imij va uslub borasida o‘zgarishlar qilishni xush ko‘ruvchi Kaniza yangi ijodiy ishiga ham videoketma-ketlik tasvirga olish mo‘ljallangan.
Xonanda mazkur klipni birinchilardan bo‘lib aynan biz orqali muxlislar e’tiboriga havola etishni niyat qilgan. Darvoqea, Kanizaxonim yangi 3 ta tarona ustida ham ish olib bormoqda. Bu haqida keyinroq bilib olishingiz mumkin.