O‘zining noodatiy imidji bilan hamkasblaridan ajralib turadigan, o‘z uslubi va muxlislariga ega bo‘lgan xonanda Kaniza yana bir videoklip ustida ish olib bormoqda. “Go‘zal” nomli qo‘shig‘iga tasvirga olinayotgan klip avvalgilaridan butkul farq kilishi kutilmoqda.
Tarona g‘oyasi, so‘zi, musiqasi, aranjirovkasi “SMG”ga tegishli. Har bir taqdim etgan kliplarida kutilmagan obrazlarda namoyon bo‘ladigan Kaniza bu safar qanday qilib bizni lol qoldirar ekan deb o‘ylayotgandirsiz?
Tez kunda yaratilayotgan ijod mahsulini saytimiz orqali birinchilardan bo‘lib tomosha qilib, barcha savollarga javob olish imkoniga ega bo‘lasiz.