Iste’dodli xonanda Kaniza ijod qilishdan sira-sira charchayotgani yo‘q desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Tinib tinchimas ijodkor o‘zining yaqindagina premerasi bo‘lib o‘tgan, she’ri va musiqasi Gavhar Matchanova, aranjirovkasi Botir Alievga tegishli bo‘lgan “Hiylalarim” deb nomlangan qo‘shig‘i uchun ayni damda klipmeyker Sanjar Hodjiev bilan hamkorlikda videoklip suratga oldirmoqda.
Ijodkorga yaqindan yordam berayotgan doimiy hamkorlaridan yana biri liboslar bo‘yicha rassom, stilist, qisqa qilib aytganda o‘z kasbining ustasi Lidiya Andre ham o‘z yordamini ayamayapti. Ma’lumotlarga qaraganda klipda Kaniza 20 hil obrazda namoyon bo‘larkan. Albatta, siz kabi biz ham mazkur videoklipni tayyor holatini tezroq ko‘rish istagidamiz. Ammo, ozgina kutish va saytimizni kuzatib borish lozim. Ayni damda xonandaga va uning ijodiy guruhiga omad tilab qolamiz.