Xonanda Kaniza Gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish institutida davolanayotgan muxlislari bilan uchrashdi. Bu haqda “Sug‘diyona” gazetasi xabar bermoqda.
Ijodkor Oysha Otaxo‘jayeva va Oyxumor Ortiqboyeva ismli ikki nafar muxlisasini qiziqtirgan savollarga javob berdi. U yutuqlari haqida gapirar ekan, asosiysi xalq e’tiboriga tushgani ekanligini qayd etdi.
“Qo‘shiqlarim mashhur bo‘ldi, tanildim. Nihol mukofoti bilan taqdirlandim. Oliy o‘quv yurtini bitirdim, – dedi Kaniza. – Endigi maqsadim oila! Kelajakda oilam, shirindan-shakar farzandlarim bo‘lishini xohlayman. Nazarimda har bir ayol shuni istaydi”.
Suhbat chog‘ida Kaniza bu yil kuzda turmushga chiqish niyati borligini aytib, qizlarni to‘yiga taklif qildi.