Shou biznes olamida jadal ijod qilib kelayotgan shu bilan bir qatorda ko‘pgina tanqid va mish-mishlarga to‘qnashayotgan ammo shunday bo‘lishiga qaramay haqiqiy, asl muhlislarining hamisha ardog‘ida yuradigan Kaniza tez kunda yangi qo‘shiq premerasini o‘tkazishidan habar topdik. Bilishimiz-cha “Mani yorim Qo‘qonda” deb nomlanuvchi taronaning o‘ziga yarasha tarixi bor va bu qo‘shiq bejiz xonandaning hayotidan o‘rin olmagan.
Ijodkorga shu savol bilan murojaat qilganimizda:- “vaqti soati bilan birinchilardan bo‘lib hammasidan habar topasiz” –degan gap bilan qutulib qoldi.
Boshqa ma’lumotlarga qaraganda Kanizaning o‘zi asli Qo‘qonlik bo‘lib, yaqinda gastrol sabab ona shahriga tashrif buyurgan xonanda u yerdan olam-olam quvonch va o‘zgacha kayfiyat bilan qaytgan. Kim biladi deysiz, balki honanda bolalikdagi sevgisini uchratib u haqda kuylashni istagandir...
Tinib tinchimas xonanda endi bu safar nima demoqchi?... Yana ozgina kutamiz, hammasiga vaqt oydinlik kiritadi.