Xonanda Kanizaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari uning to‘y libosida tushgan suratlari tarqalmoqda.
Shuningdek, aksariyat xonandalar Kaniza tomonidan taklifnoma hamda unga qo‘shimcha tarzda fotiha noni ham ulashilayotgani to‘g‘risidagi xabarlarni joylashmoqda.
Xonandaning o‘zi bilan bog‘lanib, uning oppoq libosdagi suratlariga aniqlik kiritdik.
Kaniza: «FHDYoda nikohimiz qonunan qayd etildi, shar’iy nikohimiz ham o‘qitildi, to‘y sanasi haqida tez kunlarda bilib olasiz».
Eng ajablanarli tomoni shundaki, Kaniza avvalroq 28 aprel kuni «Istiqlol» sahnasida turmushga chiqaman deb e’lon qilgan. Biroq endi u to‘y sanasini yashiryapti.