Kaniza: Istiqlol sahnasida turmushga chiqaman. Bu piar emas!"
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Kanizaning konserti kuni sahnada turmushga chiqishi haqida xabarlar tarqaldi. Bunga oydinlik kiritish maqsadida Kaniza bilan bog‘landik.
"Xozir bir minut dam olish yo‘q, konsertimda to‘yim bo‘lgani uchun maxsus yor-yor qo‘shig‘i xam tayyorlamoqdaman. Shu kuni xalq oldida turmushga chiqaman. Shu uchun xam konsert bir kun bo‘ladi. Bu reklama va piar emas, bu qarorga mana bugun aniq keldik va bemalol rasman e’lon qila olaman. Konsert kunini xozircha sir saqlashim kerak, zero bu sanada nafaqat to‘yim balki ijodimga 10 yil bo‘ladi va yana bir muxim sana shu kun bilan bog‘liq. Uni konsert kunim rasman e’lon bo‘lganida aytaman. Uch muxim sana bir kunda bo‘ladi. Xullas, turmush o‘rtog‘im meni shu kuni saxnadan uyiga olib ketadi)", deydi xonanda.
Nima bo‘lganda ham Kanizaga kelgusi turmushida baxt, ijodida omad tilab qolamiz!