Kanadada qor yog‘ishi 20 yillik rekordni yangiladi — ayrim joylarda yoqqan qorning qalinligi uch metrga yetdi. Kecha, 18 yanvar kuni qor yog‘ishi rekord ko‘rsatkichlarga yetishi natijasida ayrim shaharlar «oq qamal»da qolgan. Bu haqda «CBC News» telekanali xabar berdi.
Kuchli qor bo‘roni oqibatida Nyufaundlend orolida yashovchi o‘n minglab kishilarning uylari qor ostida qolgan. Rekord darajada qor yog‘ishi Gambo, Trepassi, Sent-Jons, Paradayz kabi shaharlarda ham kuzatilgan.