Kanadada zaharlovchi moddalar ortilgan poezd portladi
Uoden aholi punktidan 17 kilometr uzoqlikdagi Saskachevan provinsiyasida zaharlovchi moddalar ortilgan poezd temir yo‘l izlaridan chiqib ketib portladi. Bu haqda lenta.ru nashri xabar beradi.
100 dona vagonlarning 26 tasi portlab ketgan. Ma’lum bo‘lishicha, ularning portlash sodir bo‘lgan vagonlarning 6 tasida zaharlovchi moddalar 4 tasida esa tuz kislotasi va kaustik soda yana 2 tasida esa neft distillyatorlari bo‘lgan. Ayni damda ushbu vagonlardagi zararli moddalar atrofdagi aholi salomatligiga salbiy ta’sir qilmasligi uchun, fojea sodir bo‘lgan bo‘lgan joyga 8 kilometrgacha hech kim kiritilmayapti.