Chin yurakdan chiqqan besh daqiqalik samimiy kulgu nafaqat umrni uzaytiradi, balki odamning o`zi, ichki dunyosi haqida ko`p narsalarni aytib ham berarkan. Juftingizning xarakteri ayrim qirralari aynan uning tabassumi yoki kulgusi chog`ida namoyon bo`ladi.
Kulgusini tiyib tura oladigan erkaklar odatda ishonchli, xotirjam, mulohazali va jiddiy bo`lishadi. Bunday erkaklar nikohda sadoqatli. Lekin bunaqangilar bilan ayollarga juda zerikarli.
Agar erkak zavq bilan xandon otib kulsa, ayniqsa ko`zlarini qisib, o`zini orqaga tashlasa bilingki, oldingizda shamol kabi beqaror odam turibdi. Bundaylar ayollarga engiltaklik bilan munosabatda bo`ladi. Ular bilan muloqot maroqli va g`oyat quvnoq kechishi mumkin. Lekin biror bir jiddiylik kutish yaramaydi.
Og`zining tanobi qochib, xoxolab kuladigan erkak odatda “kuylak bilan tug`ilgan yigit”, davraning joni. U o`tkir zehnli, erkin, ammo intellektual bobda bilimi hamin qadar: undan yaqindagina o`qigan kitob haqidagi fikrdan ko`ra, oldi-qochdi latifa eshitish mumkin.
Agar sizning suhbatdoshingiz tabassum o`rniga og`zini qiyshaytirib, mazaxsirasa, bilingki, ro`parangizda qo`pol va terisi qalin kishi turibdi. U yolg`onga moyil va ma`lum vaziyatda shafqatsizlik namoyon etishi mumkin. Bunday erkaklar tashqi ko`rinishidan ko`pincha samimiydek tuyuladi.
Agar kulayotgan erkak og`zining chap tomoni o`ng tomonga nisbatan harakatchan bo`lsa, bu odam yuqori darajada halol, tartibli, lekin shu bilan birga ichimdagini top va yumor hissiga ega. Unga ishonsa bo`ladi. Bunday erkak har qanday ayolni baxtiyor qila oladi.