9 oktabr kuni xonanda Sardor Rahimxon oilasida o‘g‘il farzand dunyoga keldi. Bu xonandaning ikki qizidan keyingi uchinchi farzandi bo‘ldi.
"Yaqindagina "Bodomgulim" qo‘shig‘iga ishlangan klipdagi Rahimxonning bolalik bo‘lishi va unda qo‘shiqchining o‘zi quvonchdan sakrash onlari tasvirlanishi bejiz emas ko‘rinadi", deya yozadi sayyod.com blogeri.
3 kiloyu 700 gramm tug‘ilgan chaqaloqqa Muxammad Ali ismi berilgan.
"Judayam xursandman, kayfiyatlar zo‘r. Nihoyat niyatimizga yetdik. Yodingizda bo‘lsa kichik qizim 3 sentabr kuni tug‘ilgandi (Xonandaning o‘zi ham aynan shu sanada tavalludini nishonlaydi - Kun.uz izohi). Bunisini ayolim judayam niyat qilgandi. To‘yimiz bo‘lgan 10 oktabr kuniga tug‘ilsa deb niyat qilgandi u. Lekin bir kunga shoshildi, hechqisi yo‘q, qaytanga o‘g‘lim juma kunida tug‘ildi. Lekin hujjatlariga 10 oktabr deb yozdirmoqchimiz. Xullas kayfiyatlar zo‘r!", deya o‘z xursandchiligini bayon etgan Sardor Rahimxon.