Filmlarda salbiy rollarni ijro etib xalqning mehrini qozongan aktyor — Javohir Zokirov biz bilan bo‘lgan suhbatda, qarindoshi Nargiza bilan munosabatlari haqida ochiq-oydin gapirdi.
Javohir Zokirov: — Nargiz bugun faqat men bilan gaplashib turibdi. Ishi ko‘p, gastrol safarlari kundan kunga ko‘payib bormoqda. O‘zbekistonga nega kelmayotgani sababi haqida esa o‘zi gapirgani ma’qul, bu haqda men gapirishim noo‘rin. Biroq shu kunlarda uni O‘zbekistonga qaytarish haqida o‘ylab yuribman. Uning konsert dasturidan yurtdoshlarimiz ham bahramand bo‘lishlarini istayman. Urinishlarim besamar ketmasa, albatta, u bilan ko‘rishasiz...