Jahon va Yevropa chempioni Xavi koronavirusga chalindi
«Barselona» klubi va Ispaniya terma jamoasi sobiq a’zosi, jahon va Yevropa chempioni Xavi Ernandes koronavirusga topshirgan testi musbat chiqqanini ma’lum qildi. Eslatib o‘tamiz, 40 yoshli mutaxassis hozirda Qatarning «As-Sadd» jamoasini boshqarmoqda. Jamoaning rasmiy sahifasidagi xabarida Xavi o‘zini yaxshi his etayotganini ma’lum qilgan. Shunga qaramay, tibbiyot xodimlari ishga chiqishga ruxsat berguniga qadar, bir necha kun yakka hayot tarziga amal qiladi. Xavi koronavirus epidemiyasiga qarshi kurash ishlariga qo‘shgan hissasi bilan ham esda qolgan. Masalan, Barselonadagi shifoxonalardan biriga bir million yevro bergandi.