Fevralning birinchi haftasi! BMT g‘oyasi asosida tashkil etilayotgan “Jahon Dinlararo Hamohanglik Haftaligi” loyihasining “Jahon Dinlararo Madhiyasi”ni falsafiy qo‘shiqlar kuychisi, iste’dodli yulduz Sami Yusuf kuyladi. Yangi tarona “Muhabbat mukofoti” deya nomlanib, mukammal musiqa va chuqur falsafiy ma’nodagi she’r ila ijro etilgan. “Muhabbat mukofoti” taronasi dunyo xalqlarini o‘zaro hurmat, insoniylik va muhabbat qadriyatlari asosida birlashishga undacydi. Madhiyaga Ummon mamlakatida klip suratga olindi. Qo‘shiq va klip premerasi fevral oyida rejalashtirilgan.
Haftalik shiori: “Boshqalarni ham o‘zingizni sevganchalik muhabbat bilan seva olmasangiz, sizda e’tiqod bo‘lmaydi!”
Darvoqe, Samining 2014-yildagi “Markaz” albomi, 2015-yil boshida taqdim etgan “Yo‘l qo‘shiqlari” albomi musiqiy internet-magazinlarida eng ko‘p xarid qilingan albomlar deya topildi.
“Yo‘l qo‘shiqlari” albomi haqida Sami Yusuf shunday fikrlar bildiradi:
-Musiqa sukunatdan yaraladi. Shu birgina sukunat barcha tovushlarni o‘zida mujassam etib, ularning barchasini ham biz eshitmaymiz. Birinchi notaning yangrashi sukunatni musiqaga aylantiradi. Bir ko‘pni “tug‘adi”, tuganmas rang-baranglik va hamohanglik, musiqiy tonlarning kamalagi esa bir Nurning chegarasini yaratadi. “Yo‘l qo‘shiqlari” – sharq va g‘arb ohanglari hamohangligi bo‘lib, ma’naviyat va tafakkurning ko‘plab jihatlarini o‘zida ifoda etadi.