Humo Arena muz saroyida 2019-yilning 8-dekabr kuni salovatchi xonanda Sami Yusufning yakkaxon konsert dasturi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi.
Keyinroq xonandaning konsert dasturi noma’lum sabablarga ko‘ra qoldirilganligi haqida ma’lumotlar tarqaldi.
“O‘zbekkonsert” rahbari Odiljon Abduqahhorov “Daryo” muxbiri Feruz Muhammadga bergan intervyusida Sami Yusufning konserti qoldirilish sabablariga oydinlik kiritdi.
Sami Yusuf bilan bog‘liq bo‘lgan masala bo‘yicha Sami Yusufning konsertini tashkil qilmoqchi bo‘lgan tashkilotchi va Sami Yusuf o‘rtasidagi shartnoma o‘zaro kelishuv asosida hal qilingan.
Bu konsert ‘O‘zbekkonsert’ tomonidan qoldirilmadi. Sami Yusuf va tashkilotchi tomonidan o‘zaro shartnomalarga kelishilgan holda konsert dasturi ma’lum bir muddatga qoldirildi.
Bu dastur qachon bo‘lib o‘tishi haqida hozircha konsert tashkilotchisi tomonidan ma’lum qilinmagan. Sami Yusufning konserti qoldirilishiga ‘O‘zbekkonsert’ning hech qanday aloqadorlik joyi yo‘q.
Odiljon Abduqahhorov, “O‘zbekkonsert” rahbari