Turkiya poytaxti Istanbul shahridagi Sultonahmad markaziy maydonida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda “Meduza” xabar bermoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar va tan jarohati olganlar mavjud. Ularning soni hozircha oshkor etilmagan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, markaziy maydonda hudkush terrorchi o‘zini portlatib yuborishi oqibatida portlash sodir bo‘lgan. Terrorchi sayyohlar guruhi yaqinida o‘zini portlatib yuborgan.
Maydonga zudlik bilan bir nechta tez yordam, o‘t o‘chirish va polisiya mashinalari yetib kelgan. Hozirda hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.