Islom Karimov haqidagi hujjatli film yubiley kunlari barcha markaziy telekanallarda namoyish etiladi
Avvalroq, Shavkat Mirziyoev raisligida Toshkent shahar hokimligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tayotgani haqida xabar berilgandi. «Xabar.uz»ning ma’lum qilishicha, Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan maqolalar tanloviga 900 ta ijodiy ish kelib tushgan.
Shuningdek, «Mustaqillik me’mori» nomli hujjatli film ham tayyor bo‘lib, yubiley kunlari barcha markaziy telekanallarda namoyish etiladi.
Xabarlarga ko‘ra, Islom Karimov tavalludi bilan bog‘liq tadbirlarda xorijdan ham vakillar ishtirok etadi.