Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

iPhone 8 haqida yangi tafsilotlar oshkor bo‘ldi

Apple iPhone 7s’ni chiqarmasdan turib, 2017-yilda birato‘la iPhone 8’ni taqdim etadi, u shisha korpus, OLED-ekran va 10 nanometrli texnologiya bo‘yicha yasalgan chipsetga ega bo‘ladi. Bu haqda taniqli tahlilchi San Chanju o‘zining Weibo akkauntida ma’lum qildi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”.
Ekspertning ta’kidlashicha, iPhone 8 Apple A11 protsessoriga ega bo‘ladi. Digitimes xabariga ko‘ra, Taiwan Semiconductor Manufacturing Company bunday protsessorlarning yagona yetkazib beruvchisiga aylanadi, ular FinFET o‘n nanometrli texnologik jarayonni qo‘llagan holda tayyorlanadi.
Samsung’ning chiplar ishlab chiqarish bo‘yicha xizmatidan uning asosiy raqibi voz kechishga qaror qildi. iPhone 8 uchun OLED-ekranni esa aynan Samsung yetkazib berishi taxmin qilinmoqda.
Bundan tashqari, Apple alyuminiy korpusdan voz kechib, uni shishaga almashtiradi. 20-iyul kuni taqdim etilgan Corning Gorilla Glass 5 smartfonning nihoyatda pishiq bo‘lishini ta’minlaydi. Shuningdek, iPhone 8’ning yon chetlari qayrilgan bo‘ladi, ammo ularda Samsung Galaxy S7 edge’dagi kabi qo‘shimcha elementlar bo‘lishi-bo‘lmasligi noma’lum.


Manba:daryo.uz
Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 9220 | Рейтинг: 0| Рейтинг: iPhone 8, iPhone 7
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 23:42
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное