15 yanvar, yakshanba kuni o`zbek shou-biznes vakillaridan ikki nafari oila qurdi.
“Yakkasaroy” restorani xonanda Sayyorai Jahonning to`yi munosabati bilan yulduzlar yog`dusiga to`ldi. Aktrisa va dizayner o`zining Instagram`dagi sahifasida joylagan video ham bundan dalolat beradi.
Sayyoraning to`yida O`zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova, Munojat Yo`lchieva, xonandalar Malika Egamberdieva, Dilso`z, A`lo Rahimova, Hulkar Abdullaeva, Yulduz Turdieva birgalikda yor-yorni ijro etishgan.
Asli farg`onalik bo`lgan xonanda Sayyorai Jahonning to`yi 10 yanvar kuni Andijonda bo`lib o`tgan edi.
Ma`lumotlarga ko`ra, xonandaning turmush o`rtog`i tadbirkorlik bilan shug`ullanadi. Sayyorai Jahon to`yidan so`ng ijodiy faoliyatini to`xtatishi mumkin
15 yanvar kuni yana bir yosh xonanda Feruza Karimova ham turmush qurdi. U “Dastingdan” qo`shig`i bilan xalq e`tiborini qozongan edi. Feruzaning to`yi Xorazm viloyatining Urganch shahrida bo`lib o`tdi. Bu haqda xonanda Bunyodbek Saidov o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma`lum qildi.
Feruza Karimovaning to`yi bilan bog`liq boshqa ma`lumotlar hozircha noma`lum.