Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SOG'LIK

Olimlar shou-biznes yulduzlari zararini aniqlashdi

Langon tibbiyot markazi tadqiqotchilari fikricha, shou-biznes yulduzlari tomonidan reklama qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar aksariyati foydali moddalarga ko‘p ham ega emas. Ular shakarga boy bo‘lib, umuman, bolalar sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalari Pediatrics jurnalida chop etilgan.
Gazli va boshqa shirin ichimliklar, fastfud va shirinliklar, mashhur musiqa yulduzlari tomonidan ko‘proq reklama qilinadigan mahsulotlar hisoblanadi. Bunda, olimlarning qayd etishlaricha, artistlarning hech biri meva, sabzavot yoki don mahsulotlari reklamasida qatnashmaydi. Faqatgina pista bundan mustasno. 
Tadqiqotchilar dastlab, Billboard haftalik bilbordi, Teen Choice Award natijalari hamda YouTube saytida yulduzlar reklama qilgan mahsulotlarni necha kishi ko‘rganiga oid ma’lumotlarni to‘plashgan. 
Shundan so‘ng, olimlar televidenie, jurnallar i radio kabi barcha OAVda yulduzlar e’tiborini qozona olgan mahsulotlar ro‘yxatini tuzib chiqishgan. Olimlar, shou-biznesning 163 nafar yulduzining 65 nafari 57 ta turli xil oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar bilan bog‘liq reklama roliklarida ishtirok etgan. 
O‘sha mahsulotlarning energetik quvvati va foydali mahsulotlar tarkibi o‘rganilganda, 26ta oziq-ovqat mahsulotining 21tasi— ya’ni 81 foizi «ozuqaviy jihatdan qashshoq deb baholangan». 69 ta kuchli gazlangan ichimliklardan 49tasining tarkibidagi shakar me’yordagidan ko‘pdir. 
Shu o‘rinda aytish joizki, oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bir yilda 2 mlrd dollar mablag‘ni reklama uchun sarflaydi. Taniqli yulduzlarning ishtiroki esa, bu mahsulotlarga bo‘lgan talabni kuchaytiradi.


Manba:kun.uz
Категория: SOG'LIK
Просмотров: 5655 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Olimlar, Shou-biznes
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:23
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное