Olimlar o‘lim vaqtini aniqlashning yangi usulini topdi
Avstriyaning Zalsburg shahridagi tadqiqotchilarning bir guruhi cho‘chqalar to‘qimalarida olib borilgan tajribalardan so‘ng odam o‘limining aniq vaqtini aniqlashni o‘rgandi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar beradi.
Olimlarning ta’kidlashicha, yangi texnologiya hatto o‘n kundan keyin ham o‘lim yuzaga kelgan vaqtni aniq soatigacha belgilash imkonini beradi.
Zoologlar cho‘chqa to‘qimalaridagi ma’lum bir oqsil moddalar vaqt o‘tishi bilan parchalanishini va bu ular o‘limini aniq belgilashga asos bo‘lishini isbotladi. Shundan so‘ng cho‘chqa va odamlar tuzilishidagi o‘xshashlikni hisobga olib, patologoanatomlar odam to‘qimasining 60 ta namunasini o‘rganib chiqdi va o‘lgan odamlarning mushak oqsillarida ham o‘xshash jarayon kuzatilishini aniqladi.
Olimlarning fikricha, ushbu texnologiya kriminalistikada qo‘llanilishi mumkin.
Inson taqdiri ,o'limi avvalo yaranganga ayon,bu olimlani gapi shunchaki ob havoni bilishdek gap ,chunki ob havoda aytilgan ma'lumotlayam har doim to'g'ri chiqmidiku.