Olimlar kunduzgi Uyquning organizmga zararli ekanligini aniqladi
Uzoq davom etadigan uyqu va haddan ziyod charchoq metabolik sindromni, xususan insulinga bo‘lgan sezgirlikning buzilishini keltirib chiqarishi aniqlandi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.
AQShlik olimlar o‘zlarining yangi tadqiqotlari to‘g‘risida Amerika kardiologiya kollejining 65-sessiyasida ma’lum qilishdi.
40 daqiqadan ko‘proq davom etadigan kunduzgi uyqu moddalar almashinuvi bilan bog‘liq kasalliklarni keltirib chiqarish xavfini tug‘diradi.
40 daqiqadan ko‘proq davom etadigan uyqu, shuningdek qon bosimi va xolesterin miqdorini oshiradi, bel sohasidagi yog‘ qatlamining hajmini ko‘paytiradi.
Kun davomida haddan ortiq toliqish ham moddalar almashinuvi jarayoniga ta’sir ko‘rsatadi.
Olimlar bunday xulosaga kelish uchun 30237 nafar osiyolik va yevropaliklar ishtirokida 21 ta tadqiqotlar o‘tkazishdi.
Olimlar tadqiqot ishtirokchilaridan kunduz payti uxlashlari yoki uxlamasliklarini so‘ragan. Ma’lum bo‘lishicha, kunduzi uxlaydiganlarda semizlikning 2-darajasi va qandli diabet aniqlangan.
Kunduz payti 40 daqiqadan kam uxlaganlarda esa kasalliklar rivojlanishi xavfi yuqori emasligi aniqlangan.