Lozanna Federal politexnika maktabi biologlari shikastlangan to‘qimalarni yangilaydigan, biroq vaqt o‘tgan sayin o‘z ta’sir kuchi susayib ketuvchi ildiz hujayralarini yoshartirish uchun vitaminidan foydalanishdi.
To‘qimalar funksiyasini qayta tiklashda mitoxondriyalar asosiy omil bo‘lib xizmat qildi. Tadqiqot natijalari Science jurnalida chop etilgan. U haqda qisqacha EurekAlert! saytida ma’lumot berildi.
Ma’lumki, suv emizuvchilarning ba’zi to‘qima va organlari vaqt o‘tishi bilan qayta tiklanish xususiyatini yo‘qota boradi. Jarohatlardan keyin uzoq vaqt qayta tiklanish qarilikning yaqqol belgilaridan biridir.
Samarali qayta tiklanish darajasining pasayib borishiga sabab, avvalgi tadqiqotlar ko‘rsatganidek, mitoxondriyalar – to‘qimalarning hayotiy faoliyati uchun zarur bo‘lgan energiya ishlab chiqarish markazlari bilan bog‘liq. Mitoxondriyalar yaxshi ishlamasa, ildiz to‘qimalar ham qayta tiklanish jarayonini sust amalga oshiradi.
Olimlar nikotinamid ribozid – tuzilishi bo‘yicha V3 vitamiga o‘xshash va NAD+ kofermentining “o‘tmishdoshi” bo‘lmish vosita yordamida 2 yashar sichqon ildiz to‘qimalarida mitoxondriyalar faoliyatini qayta tiklashga muvaffaq bo‘ldi. Bu vosita mitoxondriyalardagi metobllik zanjirlarga elektronlar tashuvchi hisoblanadi. Uning samarasi evaziga organellalar ATF ko‘rinishida energiya ishlab chiqaradi. Natijada sichqonlarda mushak to‘qimasi regeneratsiyasi kuchaydi va ular ribozid qabul qilmagan kemiruvchilarga nisbatan uzoqroq yashadi.
Tadqiqot davomida bosh miyasi va terida ham shunday samarali natija kuzatildi. Nikotinamid ribozid qabul qilinishi oqibatida, hatto ko‘p miqdorda qabul qilinganda ham, hech qanday salbiy ta’sir sezilmadi. Biroq olimlar patogen hujayralar faollashuvi xavfi mavjudligini qayd etishdi. Bu esa xavfli o‘simtalarning shakllanishiga olib kelishi mumkin.