O‘zbekistonlik mashhurlarning farzandlari bilan tanishing
O‘zbek shou-biznesi vakillari nafaqat ijodda, balki ijtimoiy tarmoqlarda ham faoldir. Ular ba’zan shaxsiy hayotlariga aloqador suratlar bilan ham bo‘lishadi. Fotogalereya uchun rasmlar qidirish jarayonida ayniqsa ayol san’atkorlar o‘z farzandlarini ko‘z-ko‘z qilishni yaxshi ko‘rishiga guvoh bo‘ldik. Quyida ularning ba’zilari bilan tanishishingiz mumkin. O‘zining turli ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida xonanda Lola qizi Shahina va o‘g‘li Shohdiyorning rasmlarini, ba’zan ular muhrlangan videolarni joylashni yaxshi ko‘radi.
Shahzoda ham undan qolishmagan holda o‘g‘illari Solih va Xolidning suratlari bilan doimiy ravishda bo‘lishib boradi.
Nilufar Usmonova o‘g‘illari bilan faxrlanishini yashirmaydi va internetni ular bilan tushgan rasmlari bilan to‘ldirib boradi.
Aktrisa va teleboshlovchi Rayhon Ulasenovaning farzandlari hamda suxandon Nilufar Sotiboldiyevaning qizi suratini ijtimoiy tarmoqlardan topa olmadik, biroq boshqa manbadan olib joyladik.
Erkak san’atkorlarga kelsak, aktyor Bobur Yo‘ldoshev uch nafar farzandning otasi. U internetda bolalarining rasmlarini tez-tez e’lon qilib turadi.
xonandalar Sharof Muqimov va Sevinch Mo‘minovaning qizlari — Layloning surati
Serfarzand otalardan yana biri “Bojalar” guruhi yakkaxoni Jahongir Poziljonovdir.
Yaqinda Ulug‘bek Rahmatullayev o‘z muxlislari talablariga binoan to‘ng‘ich o‘g‘li bilan tushgan suratini o‘z sahifasida bo‘lishdi.