Bugun O‘zbekistonda turk serial va filmlari kirib bormagan telekanallar qolmadi. Ayrim telekanallar esa Turkiyadagi TVlarning o‘zbekcha analogiga aylandi, qoldi. Ularning ko‘plarida g‘arbga bo‘lgan havasni, milliy mentalitetni mensimaslikni ko‘rish mumkin. Seriallarning ko‘plari esa yoshlar tarbiyasiga juda salbiy ta’sir ko‘rsatishi ko‘p bor ta’kidlanmoqda.
“Zo‘r” telekanali mamlakatda eng ko‘p tomoshabinga ega telekanallardan biri sanaladi. Unda namoyish etilayotgan turk seriallari doimiy tanqidlarga sabab bo‘lib kelgan. Yaqinda tomoshabinlardan biri “Zo‘r” telekanaliga qo‘ng‘iroq qilib, unda namoyish etilayotgan “Hovli” seriali bo‘yicha o‘z e’tirozlarini bildirgan. Uning ma’lum qilishicha, serial nafaqat yoshlar, balki bolalar tarbiyasiga ham juda katta salbiy ta’sir ko‘rsatib, ularni izdan chiqaradi. Tarbiyasini buzadi.
Murojaatchi telekanal xodimlari bilan bo‘lib o‘tgan suhbatni yozib olgan. Ushbu suhbatni yuqoridagi slayder orqali tinglashingiz mumkin.
U o‘z murojaatida qiz farzandi borligi va u qamoqxonadagi ayollarning turmushini ko‘rib, birovning eriga jazman bo‘lib yurayotgani tasvirlangan seriallardan ibrat olib ulg‘ayishini istamasligini aytadi. “Nima uchun millat mentalitetini turklarga sotyapsizlar”, deb iddao qiladi.
O‘zini Elmurod Soliev dbe tanishtirgan tomoshabin bugun turk seriallariga qarshi ijtimoiy tarmoqlarda kampaniya boshlasa, kamida 6-7 million odam unga ergashishini aytib, serialni namoyishdan to‘xtatishni talab qiladi.
Ma’lumot o‘rnida, bungacha “Zo‘r” telekanalida namoyish etilgan “Sevgi iztirobi” seriali ham juda katta tanqidlarga sabab bo‘lib, hatto, Hukumat darajasida muhokama qilingandi. Bosh vazir Abdulla Aripovning ko‘rsatmasiga binoan ushbu serial namoyish to‘xtatildi.
“Zo‘r” telekanali orqali efirga uzatilgan va ko‘plab tanqidlarga sabab bo‘lgan navbatdagi serial esa “Gullar iztirobi” bo‘lgandi. Bu haqda avvalroq QALAMPIR.UZ’da ham tanqidiy maqola e’lon qilingan edi. Ammo, serial namoyishdan olib tashlangani yo‘q. Aksincha, serial ortidan telekanalning tomoshabinlari soni ortdi.
Toxtatilmasin tarbiya yoki mentalitet bitta serialdan uzgarib qoladigan narsa emas oiladagi tarbiyaga boģliq hammasi kop seriallar shu tarzda oxiriga yetmay tuxtatilyapti hamma bir xil fikrlamaydi. Serial tuxtatilib quyilgani bilan kerak bolsa disklarini ham sotib olib kurishyapti. Nimaga bu serialni qöyishlaringizni talab qilganlarni fikrlari inobatga olinmay qöymaslikni talab qilayotganlarni fikriga qaralyapti.
Bu serialni tohtatib qoyish kerakmas. Bu serialda tabiya kop buni serialni korgan insonda qammoqqa tushmaslik va ogirlik qilmaslik fikri tuguladi. Bunda xech qanaqa uyatsiz yoki bexayo saxnalari yoq. Ozi asli osha fargonalik bolani jazolash kerak davlat mintelitetini sotyapsizlar degani uchun. Bu serial davom etsin.