Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

Bananni har kuni iste’mol qilish foydali...mi?

Oramizda bananni yoqtiradiganlar anchagina. Kimlardir uni foydasi uchun, kimlardir noodatiy mazasi uchun, yana kimlardir shunchaki yaxshi ko‘rgani uchun tez-tez iste’mol qiladi.

Dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarida yetishtiriladigan ushbu meva garchi kaliy, S va V6 vitaminlariga boy bo‘lsa-da hamma uchun tavsiya qilinmaydi.

Kaliy hujayralarning to‘g‘ri ishlashini ta’minlaydigan ozuqa moddasidir. U shuningdek, yurakni barqaror ushlab turishga ham yordam beradi. Qondagi shakar miqdorini nazorat qilib, insulinning tarqalishini to‘xtatadi. Optimal qon bosimini qo‘llab-quvvatlaydi. Yosh, turmush tarzi va boshqa omillarni hisobga olgan holda kuniga 3500-4700 mg kaliy iste’mol qilish tavsiya etiladi. Agar har bir bananda 450 mg kaliy bor bo‘lsa, bu tavsiya etilmaydigan holatlardan tashqari kuniga bemalol 10 tagacha banan yeyish mumkinligini bildiradi.

Banan koni foyda meva hisoblanadi. U nafaqat me’daga tez ta’sir qilmasligi, balki tarkibida tabiiy tuz, o‘rtacha miqdordagi shakar borligi, kimyoviy qo‘shimchalar va bo‘yoqlar uchramasligi bilan ham salomatlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Shifokorlar ovqat hazm qilishi qiyin bo‘lgan odamlar uchun maxsus parhez mahsulotlarini tavsiya qilishadi. Ularning orasida banan, guruch va olma doimgidek old qatorlarda turadi.

Bananlar nafaqat yumshoq va tez hazm bo‘ladi, balki diareya paytida katta miqdorda yo‘qotilgan kaliy kabi muhim elektrolitlar o‘rnini bosa oladi. Qolaversa, uning elyaf tarkibi muntazamlikni oshiradi.

Bananni yurak kasalligiga chalingan yoki buyraklari yaxshi ishlamaydigan insonlar juda kam iste’mol qilishlari lozim. Chunki undagi kaliy miqdorining ko‘pligi bunday odamlarning salomatligiga xavf tug‘dirishi mumkin. Shuningdek, allergiyaga moyil bo‘lganlar ham bananni ehtiyot bo‘lib tanovul qilishlari kerak. Yo‘qsa, uzoq vaqt shish, qichima yoki tananing qizarishi kabi alomatlar bezovta qiladi.

Agar o‘z me’yorida iste’mol qilinsa, bananning inson salomatligiga ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan foydalari ko‘p. Shundan kelib chiqib, uni bemalol nonushta yoki uyqudan oldingi taomnomaga qo‘shish zarar qilmaydi.

Manzura Sayfiddinova



Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 4397 | Рейтинг: 0| Рейтинг: foydali, Banan, har kuni, iste’mol qilish
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:48
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное