Hojilarning birinchi guruhlari O‘zbekistonga qaytib keldi
18 sentabr kuni kechqurun o‘zbekistonlik hojilarning birinchi guruhlari vatanga sog‘-salomat qaytib keldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmati xabar bermoqda.
Toshkent xalqaro aeroportda ziyoratchilarni Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda boshqa davlat va jamoat tashkiloti vakillari kutib oldi.
Ko‘tarinki kayfiyatda qaytgan ziyoratchilar yuqori saviyada tashkil etilgan ziyorat uchun minnatdorchiliklarini bildirdi.