Hindistonda erkakni tiriklay go‘rga tiqishdi. nega?..
Hindistonning Gondal shahrida yashovchi Kapila Marakana ismli erkak bir badavlat odamning uyida xizmat qilardi. Ish beruvchi boyvachcha kutilmaganda yo‘qotishlarga yuz tuta boshladi-yu, bunda Marakanani aybladi. Shu bahonada boyvachchaning tansoqchilari Marakanani avval o‘lasi qilib kaltaklashdi. Keyin esa kechasi qabristonga olib borib oyoq-qo‘llarini boylagan holda tiriklay ko‘mib tashlashdi. Erkak intiluvchanlik qildi. Qanchalar og‘ir bo‘lmasin, bir oyog‘ini arqondan xalos eta bildi. Keyin esa bor jahdini ishga soldi-yu, natijada qabrdan mustaqil ravishda chiqa oldi. U shu ko‘yi to‘ppa-to‘g‘ri polisiya mahkamasiga borib bo‘lib o‘tgan ishlarni aytib berdi. Hozirda boyvachcha va uning tansoqchilari qamoqqa olingan.