Google kompaniyasi o‘zining YouTube Connect strimingli (jonli oqimdagi) xizmatini yaratadi. Bu haqida VentureBeat nashri xabar qildi.
Manbaning qayd etishicha, servis Periscope’ga juda ham o‘xshaydi. YouTube/Google-akkauntlari orqali avtorizatsiya qilish mumkin. Shundan so‘ng darhol smartfonlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatiluvchi lavhalarni tomosha qilish imkoni paydo bo‘ladi. Lavhalar tugagach, kanalda saqlanib qoladi va ularni istalgan vaqtda qayta tomosha qilish imkoni mavjud bo‘ladi.
YouTube Connect xizmatida YouTube`ga a’zo bo‘lgan foydalanuvchilarning so‘nggi translyatsiyasi ko‘rinib turgan lenta joylashgan bo‘ladi. Mvzkur xizmat iOS va Android uchun mavjud. Biroq uning ishga qachon tushirilishi hozircha noma’lum. YouTube Connect haqidagi batafsil ma’lumotlar San-Fransiskoda may oyida o‘tkaziladigan dasturchilar anjumanida taqdim etilishi kutilmoqda.