Google va Samsung o‘rtasida yangi shartnoma tuzildi
Samsung Electronics va Google korporatsiyalari o‘rtasida yangi shartnoma imzolangan.
Endi Google ma’lumot markazlarini Samsung ishlab chiqargan SSD-qurilmalari bilan jihozlaydi.
The Korea Times gazetasining ma’lum qilishicha, Samsung Electronics korporatsiyasi Google’ga 3D V-NAND flesh xotirasi asosida yaratilgan qattiq disklar yetkazib beradi. Ular Google’ning ko‘plab servislariga xizmat ko‘rsatuvchi ma’lumot markazlariga o‘rnatiladi.
Ayni kunlarda ikki kompaniya vakillari o‘rtasida yetkazib beriladigan mahsulotlar miqdori va narxi, yetkazib berish muddatlari bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.