Ekstremistik so‘rovlarni kiritayotgan Google qidiruv xizmati foydalanuvchilari aksilradikal yo‘nalishdagi saytlarga yo‘naltiriladi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Ushbu yangilik sinov rejimida sinab ko‘riladi. Tashabbus terrorchilik tashkilotlari, jumladan, IShIDning internetdagi vakolatxonalariga qarshi kurashga qaratilgan.
Shuningdek, kompaniya tarmoqqa ekstremistlar tomonidan joylangan videolarni identifikatsiya qilishni soddalashtiruvchi sxemani sinovdan o‘tkazmoqda.
“Biz yomon axborotni yo‘q qilishimiz kerak, shu bilan birga, odamlar foydali axborotni topa olishi ham juda muhimdir. O‘zlarini yolg‘iz his qilgan kishilar onlaynga chiqib, zararli emas, ishonchli hamjamiyatlarni topadi”, — dedi Google jamoatchilik siyosati va kommunikatsiyalar bo‘yicha katta menejeri Entoni Xaus.