Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » INTERNET TARMOG'I

Google akkauntga parolsiz kirishga ruxsat beradi

Google kompaniyasi mutaxassislari akkauntga kirishning yangi interfeysini sinovdan o‘tkazishni boshladi. The Verge ma’lumotiga ko‘ra, kelgusida parol kiritishdan voz kechish imkoni tug‘iladi, deya xabar beradi “Hi-tech.mail.ru”.
Google akkauntida parolsiz avtorizatsiyadan o‘tish uchun smartfon kerak bo‘ladi. Akkauntga kirishga urinish chog‘ida tasdiqlash kodini olish uchun hisob yozuviga telefon raqamini bog‘lashni bajarish lozim.
Yangi funksiyani sinovdan o‘tkazilayotgani Google-akkauntlardan an’anaviy parollar uzil-kesil yo‘qolishini anglatmaydi. Foydalanuvchilarga kirishning ikki variantidan birini tanlash imkoniyati taklif etiladi, smartfon yo‘qolgan taqdirda telefon raqamini akkauntda faollashtirish mumkin bo‘ladi.
Hozircha yangi funksiyadan faqat foydalanuvchilarning cheklangan doirasigina foydalana oladi. Mutaxassislar mazkur yangilik akkaunt egalarini xakerlar va firibgarlar xurujidan asrashda yordam berishiga ishonmoqda.


Manba:daryo.uz
Категория: INTERNET TARMOG'I
Просмотров: 2591 | Рейтинг: 0| Рейтинг: google
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 13:36
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное