Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Go‘sht narxi oshmoqda. Muammo ildizi nimada?


Insonning yashash uchun turli ehtiyojlari mavjud. Ehtiyojlarning eng avvalida esa ovqatlanish masalasi turadi. Turmush tarzimizning farovonligi ham avvalo dasturxonlarimiz to‘kinligi bilan o‘lchanadi. Bizning kundalik ovqatlanishimiz uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxatida go‘sht mahsulotlari ham oldi o‘rinlarda turadi. Bugun iste’mol savatidagi zarur mahsulotlardan biri go‘sht mahsuloti va uning narxi oshishi borasida tahliliy fikrlarni berishga qaror qildik.

Har hafta respublikamiz viloyatlaridan kelayotgan narh-navo to‘g‘risidagi ma’lumotlarda go‘sht narxini oshib borayotgani, qolaversa aholi o‘rtasidagi bu boradagi keskin noroziliklar holatni aniqlashtirishni talab etmoqda. Go‘shtga bo‘lgan ehtiyojimiz katta. Shu bois xalqimiz go‘sht narxi oshsa bundan norozi bo‘la boshlaydi. Ammo bir mushohada qilib, o‘ylab ko‘rsak nima uchun bugun go‘shtning narxi keskin oshmoqda? Tanganing ikkinchi tomoniga ham razm solishimiz kerakdir balki.

Har qanday mahsulotning narxi oshishiga ma’lum bir ob’ektiv va sub’ektiv sabablar bo‘ladi. Bugun aynan mana shu masalaga ko‘zlarimizni kattaroq ochib qarashimiz lozim.

Birinchidan, O‘zbekistonda bundan ancha yillar ilgari yaylovlar juda ko‘p bo‘lgan. Chorvani rivojlantirishning asosiy omillaridan biri ozuqaga boy, mahsuldor yerlari bor yaylovlardir. Bugun yaylovlarning qisqarib ketishi, mavjudlarining e’tiborsizlik sabab ozuqasi kamaygan yerlarga aylangani ayni haqiqat. Demak, chorvani rivojlantiradigan yaylovlarimiz kengaytirilib, qayta tiklanmasa bu hayot zanjiri kabi go‘shtning narxiga salbiy ta’sir qiluvchi omil bo‘lib qolaveradi. Shu bois joriy yilda «O‘zbekiston Respublikasining Yaylovlar to‘g‘risida” gi Qonuni qabul qilindi. Bu ham chorvachilikni rivojlantirish uchun qo‘yilgan qadamlardan biri desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Ikkinchidan, mamlakatimizda yaqin tarixida Davlatga go‘sht yetishtirib berish uchun qoramolchilik fermalari faoliyat yuritgan. Har bir tuman va viloyatdagi bu fermalar xalqqa go‘sht yetkazib beradigan asosiy manbaa bo‘lgan. Keyinchalik fermer-xo‘jaliklari tashkil etilishi barobarida bu fermalar o‘z-o‘zidan yo‘qolib ketdi.

Uchinchidan, asosiy chorva mollarini tahminan 95% aholi qo‘lida. Ya’ni odamlar o‘zi oylab boqib, semirtirgan molini arzon garovga sotishga ko‘nmaydi. Buni ham tushunsa bo‘ladi. Demak, bugun go‘sht yetishtirayotgan katta kuch xalqimizning o‘zi. Narh-navoga buning ta’sirini alohida keltirish shart emas bizningcha... Qolgan 5% fermer xo‘jaliklari tasarrufida.

To‘rtinchidan, o‘tgan yili qurg‘oqchilik kelganda xalqimizni o‘zi mol boqishda yem-hashak topishga qiynalib qoldi. Bugun ham bozorlarimizda yem narxi 2800 dan 3800 so‘mgacha sotilmoqda. Qoramolchilik bilan shug‘ullanadigan fermerlarning fikriga ko‘ra, bitta qoramolni boqib semirtish uchun kuniga eng kam miqdorda olganda ham 10 kg yem ketar ekan. Boqish muddati esa 3 oydan ko‘p vaqtni talab etadi. Birgina yem narxi bilan cheklanmaylik, qoramolchilik bilan shug‘ullanayotgan insonlar mehnatini boshidan o‘tkazganlar biladi. Bu oson ish emas! Yem narxining qimmatligi, qolaversa ba’zi bir tumanlarda topilmasligi ham go‘sht narxi oshib ketayotganiga ta’sir etayotgan yana bir omildir.

O‘tgan yildan buyon «Har bir oila tadbirkor» Davlat dasturi yuzasidan o‘z uyida chorva mollarini boqish uchun yurtdoshlarimizga kreditlar berila boshladi. Buning ham ammosi bor... Qanday deysizmi? Eng qizig‘i ham shundaki, dastur doirasida bankdan berilayotgan kredit qaysidir ta’minotchiga pul ko‘chirish bilan amalga oshiriladi. U yerda 5 million so‘mlik molni 10 million so‘mga olishingiz tayin. Yoki 30% ni olib, kredit olayotgan insonga puli naqdlab beriladi. Qarab turibsizki qoramolchilikni rivojlantiraman degan inson yo‘ldayoq qaroqchiga uchraydi. Ota-bobosi chorva bilan shug‘ullangan, bolaligidan molni boqish hadisini olgan insonga bankda faoliyat yuritayotgan, molni ipini ushlamagan insonni aql o‘rgatishi shart emas! Aynan shu dastur doirasida bir necha bosh qoramol olib, bir oz vaqtda uni nobud qilib qo‘ygan yurtdoshlarmiz talaygina. Mana bunga birgina misol: «Shahrisabz shahar Uymovut mahallasi, Chuqur ko‘chasi 50-uyda yashovchi U.Qodirov tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga ariza bilan murojaat qilib, 26 880 000 so‘mga sotib olingan zotli qoramollarning eng yirigi kasallik tufayli nobud bo‘lganligini ma’lum qilgan. Aniqlanishicha, U.Qodirov «Har bir oila – tadbirkor» dasturi asosida «Ipak yo‘li banki» Shahrisabz bo‘limidan chorvachilik bo‘yicha kredit olgan va «Shahrisabz tomorqa xizmati» MChJ dan besh bosh qoramol sotib olgan. Oradan ikki kun o‘tar-o‘tmas qoramollarning eng yirigi sog‘lom emasligi sababli nobud bo‘lgan. Veterinar vrach tomonidan molning o‘limiga undagi turli kasalliklar sabab ekanligi qayd etilgan bo‘lsada, yetkazib beruvchi korxona tomonidan U.Qodirovga yetkazilgan zarar qoplab berilmagan.

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi tomonidan iste’molchiga yetkazilgan qariyb 6 million so‘mlik zarar qoplab berilishi ta’minlangan edi.

Biror muammoga darg‘azab bo‘lib, bong urishdan avval muammoning negizini o‘rganaylik. Go‘shtni qimmat sotishdan hech kimga naf yo‘q. Biz fermerlar, go‘sht yetishtiruvchilar tomonida bo‘lish niyatimiz yo‘q. Iste’molchilar uchun sifatli go‘sht mahsulotlari muqobil (cho‘ntak ko‘taradigan) narxda bo‘lishini istaymiz. Ya’ni zanjir kabi bir-biriga bog‘liq muammolarimiz borligini unutmaylik.

Gulnoza Sharafova
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini
himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi,
etakchi mutaxassisi



Manba:xabar.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 4302 | Рейтинг: 0| Рейтинг: go‘sht, narx
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:33
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное