GM Uzbekistan zavodi faoliyati qaytadan yo‘lga qo‘yildi
Asaka shahridagi GM Uzbekistan aksionerlik jamiyatida avgust oyida har yilgi rejali profilaktika ishlari o‘tkazilgani haqida xabar berilgan edi.
GM Uzbekistan matbuot xizmatining xabar berishicha, hozirda zavod o‘z faoliyatini qaytadan yo‘lga qo‘ydi.
“Rejali ishlar jadvalida ko‘zda tutilgan barcha chora-tadbirlar muvaffaqiyatli yakunlanib, 5 sentyabrdan Asaka avtozavodidagi ishlab chiqarish liniyalari ishga tushirildi”, — deyiladi xabarda.
Ayni paytda zavod ko‘zda tutilgan reja parametrlariga muvofiq tarzda shtat rejimida faoliyat ko‘rsatmoqda.