«GM Uzbekistan» kompaniyasi o'z nomini «UZAUTO MOTORS»ga o'zgartirdi. Bu haqda Korporativ ma'lumot yagona portalidagi xabar berilgan.
Kompaniya kelgusi bir necha oy ichida o'z nomini o'zgartirishi haqidagi xabarlar fevral oyida tarqalgandi. O'shanda «O'zavtosanoat» «General Motors ulushini sotib olgani tufayli nom o'zgarayotgani xabar berildi.
Nomni o'zgartirish to'g'risidagi qaror 26 iyun kuni bir ovozdan qabul qilindi. Ta'sis hujjatlaridagi tegishli o'zgartirishlar 1 iyulda ro'yxatga olingan.
Eslatib o'tamiz, «GM Uzbekistan» 2008 yilda tashkil topgan bo'lib, 10 yildan ziyod vaqt mobaynida «O'zavtosanoat» va AQShning «General Motors» kompaniyasi qo'shma korxonasi sifatida faoliyat olib bordi.