2017 yilning 22 avgustidan boshlab «GM Uzbekistan» AJning Asaka shahridagi zavodida har yilgi rejali profilaktika ishlarini amalga oshirish boshlanadi. Bu ishlarning tasdiqlangan rejasiga muvofiq amalga oshiriladi, deb xabar bermoqda «GM Uzbekistan» matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, tadbirlar doirasida asosiy va qo‘shimcha texnologik uskunalar, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari profilaktik ko‘rikdan o‘tkaziladi hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatiladi, shuningdek, kuzgi-qishki mavsumga korxonani tayyorlash bo‘yicha rejali ta’mirlash ishlari bajariladi.
Ta’kidlanishicha, «GM Uzbekistan» AJning tayyor mahsulotni yetkazib berish bo‘yicha barcha shartnoma majburiyatlari o‘z vaqtida hamda to‘la hajmda bajariladi. Rejali profilaktik ishlarning amalga oshirilishi avval shartnoma imzolangan avtomobillarni yetkazib berish jadvaliga ta’sir o‘tkazmasligi ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, avtomobillarni ishlab chiqarish 2017 yilning 11 sentyabridan tiklanadi.