«GM Uzbekistan» ishlab chiqarish to‘xtatilishining sabablarini tushuntirdi
So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda «GM UZBEKISTAN» avtomobil zavodida ishlab chiqarish jarayoni to‘xtatilgani sabablari keng muhokama qilinmoqda.
«O‘zavtosanoat» aksiyadorlik kompaniyasi axborot xizmati rasman tasdiqlanmagan turli ma’lumotlarning paydo bo‘lmasligi maqsadida, zavodda ishlab chiqarish to‘xtatilishi yillik profilaktika rejasi hamda yangi T250 (Aveo) loyihasi bo‘yicha konveerni ishga tushirish bilan bog‘liqligini ma’lum qildi.
Keyingi haftadan zavodda to‘liq ish jarayoni boshlanadi.