"GM Uzbekistan" dilerlik tarmoqlari faoliyatini bugundan davom ettiradi
"GM Uzbekistan" AJ 2019 yilning 7 yanvaridan e’tiboran kompaniyaning rasmiy dilerlik tarmoqlari faoliyatini odatiy tartibda davom ettirishini ma’lum qildi.
"2019 yilda kompaniya ishlab chiqarilayotgan avtomobillar modellar qatorini yangilash, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, xaridorlariga yanada ko‘proq qulayliklar yaratish sohasida oldiga yangidan-yangi rejalar qo‘ygan va ularni amalga oshirish bo‘yicha bor sa’y-harakatlarni amalga oshiradi", - deyiladi kompaniya xabarida.