«GM Uzbekistan» avtomobil yetkazib berish muddatlarini qisqartiradi
«GM Uzbekistan» AJ avtomobillarining ishlab chiqarish hajmi oshirilayotgani va ortib borayotgan talabni inobatga olgan holda mijozlar uchun qulaylik yaratish maqsadida dastlabki bosqichda «Lacetti» (1 poz.), «Cobalt» (2 poz.) va «Nexia» (4 poz. AT) avtomobillarini xaridorlarga yetkazib berish muddatini 60 dan 45 ish kunigacha, «Lacetti» (1 poz. GBU bilan) avtomobilini esa 60 dan 40 ish kunigacha qisqartirmoqda. Bu haqda "O‘zavtosanoat" AJ xabar qildi.
Aytish joizki, bosqichma-bosqich boshqa avtomobil modellarini yetkazib berish muddatlari ham qisqarib, bu haqda qo‘shimcha ravishda xabardor qilib boriladi. Kompaniya o‘z xizmatlarini takomillashtirib borishni davom ettirgan holda, faoliyatning zamonaviy modeliga o‘tmoqda, bunda avtomobillarning u yoki bu modeli, butlovchi qismlari va ranglari xaridorlarning talablari asosida shakllantiriladi.