Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ishdagi Ishq - Моей душе покоя нет
. Merlin-Soundtreck
. Zoirbek - Katta Odam (SOUNDTRACK)
. Saroy Javohiri - Soundtreck
. Kelin - Soundtreck (Hind serial)
. Iyun Oqshomi - Yeri Nasalama (soundtreck)
. Sevgi Iztirobi - Nihan Muzurluk Peinde
. Vorislar - Narin ne (serial korea)
. Ziyoda-Super Qaynona [soundtreck]
. Hayot Sinovlari - Gulim
. Sevgi Iztirobi - Silinmi Hatralar
. Qaxvaxona - soundtreck
. Tanho malagim - Soundtreck
. Efir Sirlari - Soundtrack 2
. Qalbim Chechagi-soundtreck
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Germaniyada davlat to‘ntarishiga urinish: Olaf Sholsni o’ldirish rejalashtirilgan
Germaniyada davlat to‘ntarishini uyushtirmoqchi bo‘lgan guruh mamlakat kansleri Olaf Sholsga suiqasd qilishni rejalashtirgan. Bu haqda tergovdan xabardor manbalarga tayanib, The New York Times xabar berdi.Politsiya davlat to‘ntarishi uyushtirishni rejalashtirgan guruhning uyini tintuv qilganda, yuzdan ortiq “ma’lumotni oshkor qilmaslik” to‘g‘risidagi kelishuvlarni topgan.

“Unga imzo chekkanlar guruhning Germaniya parlamentiga hujum qilish va uning a’zolarini hibsga olish, shuningdek, kanslerga suiqasdni o‘z ichiga olgan rejani sir saqlashga qasamyod qilgan”, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, guruh a’zolaridan kimdir bu ma’lumotlarni ochiqlasa, o‘limga hukm qilinishi kerak bo‘lgan.

Nashrning aniqlik kiritishicha, “Reyxsbyurger” terrorchilik tarmog‘ining rahbari deb hisoblangan, davlat to‘ntarishi muvaffaqiyatli amalga oshirilgan taqdirda Germaniyani boshqarishni rejalashtirgan shahzoda Genrix XIII Germaniyadagi Bosh konsullikda kamida bir marta rossiyalik diplomatlar bilan uchrashgan.

Tintuv davomida politsiya 40 ga yaqin o‘qotar qurol va mingdan ortiq o‘q-dorilarni topgan, bu esa hali topilmagan o‘q-dorilar omborlari mavjudligidan dalolat beradi.

7-dekabr kuni Germaniya Bosh prokuraturasi matbuot xizmati davlat to‘ntarishiga tayyorgarlik ko‘rayotgan 25 kishi, jumladan, Rossiya fuqarolari hibsga olingani haqida xabar berdi.

Gumonlanuvchilar 2021-yilda tuzilgan terrorchilik tashkiloti a’zosi va tarafdorlari bo‘lib, ularning maqsadi “Germaniyadagi mavjud siyosiy tizimni ag‘darish” bo‘lgani aytilgan.

Bosh prokuraturaning qayd etishicha, gumonlanuvchilardan biri Germaniyadagi Rossiya vakillari bilan aloqa o‘rnatishga uringan. Rossiyalik ayol terrorchi guruh a’zolariga Rossiya vakillari bilan bog‘lanishda yordam berganlikda gumon qilinmoqda. Shu bilan birga, tergovda Rossiya tomoni fitnachilarni qo‘llab-quvvatlagani haqida hech qanday dalil yo‘q.


Manba:daryo.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 735 | Рейтинг: 0| Рейтинг: to‘ntarishiga, o’ldirish, davlat, Sholsni, Olaf, rejalashtirilgan, urinish, Germaniya
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:15
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное