Hozirgina futzal bo‘yicha Osiyo chempionatining chorak finalidan o‘rin olgan Vetnam hamda O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga yetdi.
Mazkur uchrashuvda o‘zbekistonlik futzalchilar qiyinchilik bilan 3:1 hisobidagi g‘alabani saqlab qolishdi.
O‘yinning ikkinchi daqiqasida Dilshod Rahmatov raqibiga qarshi ko‘rsatgan qo‘pol harakati uchun sariq kartochka bilan jazolandi. Shundan so‘ng o‘zbekistonliklar biroz hushyor tortishdi va 9-daqiqaga kelib Mashrab Odilov tomonidan hisob ochildi.
Birinchi bo‘lim shiddatli hujumlar ostida o‘tdi va shu hisob saqlanib qoldi.
Ikkinchi bo‘limda Vetnam terma jamoasi bor e’tiborini hujumga qaratdi, biroq bunga javoban O‘zbekiston qarshi hujumda raqibini yana jazoladi. Ikkinchi gol muallifi Davron Choriev.
29-daqiqada ikkita to‘p farqi bilan oldinga chiqib olgan O‘zbekiston terma jamoasi darhol gol o‘tkazib yubordi va tabloda 1:2 ko‘rinishi paydo bo‘ldi. Shuningdek, Ilhom Hamroyev qo‘shimcha daqiqalarda ochiq qolgan darvozani ishg‘ol qilib, O‘zbekistonning ishonchli g‘alabasini ta’minladi.
O‘yinning so‘nggi daqiqalarida Vetnam o‘ynovchi darvozabon bilan harakat qildi, biroq bugun O‘zbekiston terma jamoasining g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqi raqiblaridan kuchlilik qildi va yakunda futzalchilar musobaqa yarim finaliga yo‘llanma olishdi.
Endilikda O‘zbekiston terma jamoasi yarim finalda Tailand darvozasiga 9 ta gol urgan, jahonda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan kuchli Eron terma jamoasi bilan bahs olib borishadi.
Futzal bo‘yicha OCh–2018.
Chorak final, 08.02.2018.
“Xinzhuang Gymnasium”
Vetnam – O‘zbekiston 1:3
Gollar: P.T.Luan 29 - M.Odilov 9, D.Choriev 29, Ilhom Hamroyev (39).
Vetnam (birinchi beshlik): 1.Ngo Din Tuan, 4.Ko Tri Kiet, 5.Ngo Ngog Son, 8.Vu Kuos Hung, 10.Vu Duk Tung.
Zaxira: 2.Nguen Van Hay, 3.Li Kuos Nam, 7.Pung Trong Luan, 9.Tran Tai Hay, 11.Chu Van Ten, 12.Kong Din Hung, 13.Din Van Toan, 14.Nguen Dak Hay.
O‘zbekiston (birinchi beshlik): 1.Rustam Umarov, 14.Konstantin Sviridov, 11.Artur Yunusov, 7.Dilshod Rahmatov, 8.Farhod Abdumavlonov.
Zaxira: 12.Akmal Xazratqulov, 6.Ilhom Hamroyev, 4.Ixtiyor Ropiev, 9.Davron Abdurahmonov, 13.Husniddin Nishonov, 5.Dilmurod Shavkatov, 3.Mashrab Odilov, 2.Anasxon Rahmatov, 10.Davron Choriev.
Ogohlantirish: D.Rahmatov 2.
Akmalxon Eshonxonov