Bugun, 23 yanvar kuni O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo chempionati musobaqasining yarim finalidan o‘rin olgan Janubiy Koreya terma jamoasi bilan bahs olib bordi.
Qiziqarli va gollarga boy o‘yinda O‘zbekiston terma jamoasi 4:1 hisobida g‘alaba qozondi va ilk marta tarixida Osiyo chempionati finalida o‘ynash huquqini qo‘lga kiritdi.
Endilikda terma jamoa finalda Qatarni penaltilar seriyasida mag‘lub etgan Vetnam terma jamoasi bilan bahs olib boradi.
Osiyo chempionati, yarim final.
O‘zbekiston - Janubiy Koreya 4:1
Gollar: Zabihillo O‘rinboyev 33, - 1:0. Xvang Xyun Su 58, - 1:1. Azizjon G‘aniev 99, - 2:1. Jasurbek Yaxshiboyev 110, - 3:1. Akromjon Komilov 120, - 4:1.
O‘zbekiston: 1.Botirali Ergashev, 2.Rustamjon Ashurmatov, 4.Akromjon Komilov, 5.Abbosjon Otaxonov (16.Doniyor Narzullaev, 91), 6.Azizjon G‘aniev (15.Oybek Rustamov, 109), 7.Odiljon Hamrobekov, 8.Jasurbek Yaxshiboyev, 9.Zabihillo O‘rinboyev, 10.Javohir Sidiqov (Bobur Abduxoliqov, 112), 17.Dostonbek Hamdamov, 20.Dostonbek Tursunov.
Janubiy Koreya: 1.Kang Xyon Mu, 2.Park Jae Vu, 3.Li Gun, 5.Xvang Xyun Su, 8.Xan Seung Gyyu, 9.Li Kun Xo, 10.Yun Seung Vun, 11.Cho Yung Vuk, 15.Choi Jae Xun (), 16.Jang Yun Xo, 22.Li Sang Min.
Ogohlantirishlar: Jang Yun Xo 50, Li Kun Xo 75 - Abbosjon Otaxonov 58
Chetlatish: Jang Yun Xo 75 (2SK).
Ma’lumot uchun, Vetnam - O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi U-23 OCh finali 27 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 13:00 da Chanjou shahridagi Changzhou Olympic Sports Centre stadionida bo‘lib o‘tadi.
Akmalxon Eshonxonov