TechCrunch nashrining xabariga ko‘ra, Facebook kompaniyasi Messenger uchun chat-botlarni yaratishda ishlatiladigan dasturni taqdim etadi. 12 va 13 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan F8 konferensiyasida platforma va API taqdim etiladi.
Facebook tayyorlayotgan botlarni yaratish uchun mo‘ljallangan platforma tadbirkorlik sohasi uchun yo‘naltirilgan bo‘ladi. U standartlashtirilgan baza asosida mijozlar bilan o‘z texnologiyalaridan foydalanmagan holda kommunikatsiya tizimini yaratishga yordam beradi. Botlar nafaqat matn shaklida, balki suratlar va yo‘llanmalarni o‘z ichiga olgan “tuzilmali xabarlarni” yubora oladi.
Bundan tashqari, Facebook “jonli chat” veb-planiglari ustida ish olib bormoqda. Ular tadbirkorlar va mijozlar o‘rtasidagi muloqot jarayonini tezlashtirishga yordam beradi. “Jonli chat” tugmalari kompaniyaning saytlarida joylashgan bo‘ladi, ular Messenger dasturi orqali iste’molchilar muloqotini ta’minlaydi.
Bundan avvalroq, Microsoft kompaniyasi botlarni yaratishda foydalaniladigan dasturini taqdim etganligi haqida xabar berilgan edi.