Facebook adashib Filippinda urush e’lon qilib yubordi
Facebook ijtimoiy tarmog‘i adashib Filippinda urush e’lon qilib yubordi, deb xabar bermoqda TJournal.
The Philippine Star nashrining bildirishicha, servisning ko‘pgina filippinlik foydalanuvchilari ijtimoiy tarmoqda joylashtirilgan mustaqillik kuni tabrigini ko‘rgan, ammo bayroq go‘yo mamlakatda urush ketayotgandek ko‘rsatilgan.
Filippin bayrog‘i dunyodagi boshqa barcha milliy bayroqlardan farqli bir jihatga ega — undagi ranglar joy almashishi mumkin: urush holatida qizil rang yuqoriga chiqadi, ko‘k rang esa pastga tushadi, tinchlik paytida buning aksi bo‘ladi. Facebook joylashtirgan bayroq tasvirida uning urush holatidagi ko‘rinishi aks etgan edi.
Facebook bu xato uchun uzr so‘radi.