Ayni kunda Facebook.com ijtimoiy tarmog‘i mavjud tarmoqlar orasida eng mashhuri sanaladi, desak mabolag‘a bo‘lmaydi. Yer yuzida ijtimoiy tarmoqdan foydalanuvchilarning aksariyati aynan Facebook´ni tanlashadi. Biroq shunga qaramay, Facebook bilan bir qator mojarolar kelib chiqmoqda. Fransiyada bu tarmoq 150 ming yevro miqdoridagi jarimaga tortilishi ehtimoli bor. Bu haqda “Day.Az” nashri ma’lumot beradi.
Mojarolarning kelib chiqishiga 2 sabab bor. Birinchisi: foydalanuvchilar haqidagi ma’lumotning AQShga yuborilishi. Ikkinchisi: Facebook ijtimoiy tarmog‘i rahbariyati tarmoqda hatto shaxsiy akkauntiga ega bo‘lmagan foydalanuvchilarni ham kuzatuv ostiga olgan. Bu esa o‘z navbatida Fransiya axborot texnologiyalari va inson huquqlari milliy komissiyasining e’tiborini tortdi. Ushbu komissiya esa mamlakatda boshqaruv sohasidagi 5-yirik tashkilot sanaladi.
Ayni damda baxs va munozaralar davom etmoqda. Voqealar rivojini kuzatamiz.