Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Merlin-Soundtreck
. Kuz ertagi-soundtreck 2
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. Qirolicha - Soundtreck (Mishel xonim)
. Ishdagi Ishq - Моей душе покоя нет
. Великолепный Век-Soundtreck 2
. Ishq Ertagi - Title sound
. Ko'sem - Serial fon (Turk serial)
. Saroy Javohiri - Soundtreck
. Ishq Jodusi - Latina Instrumental
. Sevishganlar - soundtreck (OST serial kareya)
. Qaxvaxona - soundtreck
. Pazanda - Im Loving You
. Vorislar - Loves Moment (serial korea)
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck2
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Eronda hijob tufayli hibsga olingan qizning vafotidan keyin namoyishlar boshlandi
Eron politsiyachilari mamlakat g‘arbida 22 yoshli Mahsa Aminiy dafn qilinganidan keyin boshlangan norozilik aksiyasini tarqatib yuborish uchun ko‘zni yoshlantiruvchi gazdan foydalandi, qiz axloq politsiyasi tomonidan qo‘lga olinganidan keyin vafot etgandi, deb yozadi “RBK”.Mahsa Aminiy Tehronga o‘tgan hafta kelgan va akasi bilan birga metrodan chiqayotganida axloq politsiyasi tomonidan hibsga olingan. Bunga uning hijobni noto‘g‘ri o‘ragani sabab bo‘lgan. 1979-yilgi Islom inqilobidan keyin eronlik ayollar uchun hijob taqish majburiy bo‘lib kelmoqda.

Al Jazeera telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, Eron hukumatining qiz yurak xurujidan vafot etgani haqidagi bayonotiga qaramasdan, u tug‘ilib-o‘sgan Sekkeze shahrida hamda Eron g‘arbidagi boshqa shaharlarda keng ko‘lamli norozilik namoyishlari boshlangan. Odamlar ma’muriy binolar atrofida to‘planib, hukumatga qarshi shiorlarni baralla aytgan, ba’zi ayollar esa birdamlik belgisi sifatida o‘z ro‘mollarini yechib, osmonga otgan. Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqlarda qizlar fleshmob uyushtirib, hijoblarini yoqib yubormoqda va sochlarini kesib tashlamoqda.

Mahsa Aminiyning qarindoshlari Al Jazeera’ga ma’lum qilishicha, qizning salomatligi bilan bog‘liq muammolar bo‘lgan. “U kasalxonaga keltirildi va bir necha kun komada yotdi. So‘ng uni hayotni ta’minlash qurilmalaridan uzib, o‘ldi deb e’lon qilishdi. Aslida nimalar yuz berganini tekshirishni butun mumlakat talab qilmoqda”, — dedi qizning qarindoshlari.

Mahsa Aminiyning vafoti yuzasidan AQSHning yuqori mansabli shaxslari ham izoh berdi. Xususan AQSH prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jeyk Sallivan Twitter’da qizning axloq politsiyasi tomonidan kaltaklanishi oqibatida halok bo‘lgani haqida yozdi va Eron inson huquqlarini buzishda aybladi. AQSHning Eron bo‘yicha maxsus vakili Robert Malli qizning vafotini “dahshatli” deb atadi va aybdorlarni topishga chaqirdi.

Eron Islom Respublikasi Huquq-tartibot kuchlari Ibrat patruli (axloq politsiyasi”) — Eron Ichki ishlar vazirligi nazorati ostidagi huquq-tartibot organi. 2005-yilda alohida tuzilma sifatida ajralib chiqqan. Ibrat patruli vazifalariga Eron fuqarolari va chet elliklarning jamoat joylarida shariat bo‘yicha munosib kiyinib yurishini ta’minlash kiradi.

Ayollarning boshini yopmay yurishi, ro‘mol yoki hijobni noto‘g‘ri taqishi, avratni yopmaydigan kiyim kiyishi, ba’zi hollarda esa “begona erkak bilan yaqindan muloqot qilishi” ularni hibsga olish uchun asos bo‘lib hisoblanadi.

Avvalroq Eron Madaniyat va islom vazirligi ayollarning reklamalarda suratga tushishini taqiqlagandi, bu Eronning Domino kompaniyasi bir ayol boshiga ro‘mol sharf tashlab, avtomobilni boshqarib ketayotgani, so‘ng esa shokoladli qiyom bilan qoplangan muzqaymoqni yegani aks etgan rolikni chiqarganidan keyin yuz bergandi.


Manba:daryo.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 1141 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Eron, namoyishlar, olingan, keyin, hibsga, vafotidan, tufayli, qizning, boshlandi, Hijob
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:00
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное